So‘nggi:
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistondagi ilk pul yo‘l kelasi oyda foydalanishga topshiriladiJamiyatToshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyat

Navoiyda 14 nafar bolani ortib ketayotgan Matiz ag‘darildi

Navoiyda 14 nafar bolani ortib ketayotgan Matiz ag‘darildi

Nurota tumanida bog‘cha bolalarini tashiydigan Matiz halokatga uchradi. 14 nafar bola jarohatlandi, haydovchi vafot etdi. Bir nafar bola koma holatida.

5-may kuni ertalab yuz bergan halokatda 1992-yilda tug‘ilgan ayol Matiz rusumli avtomobilda 13 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi va o‘zining chaqalog‘ini olib ketayotgan bo‘lgan.

Yangi hayot mahallasi hududida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan. Ayol shifoxonada vafot etgan bolalar esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifokorlar nazoratiga olingan.

Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra jabrlanganlardan birining ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib u hozirda koma holatida qolmoqda. Sakkiz nafar bola viloyat shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Surishtiruvlar davomida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan ayol va uning turmush o‘rtog‘i yillar davomida bolalarni shu tarzda tashib kelgani ma’lum bo‘ldi. Eng achinarlisi ota-onalar ham bunday xavfli tashish usuliga va haydovchining hujjatlari yo‘qligiga ko‘z yumib kelishgan. Hozirda holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.