So‘nggi:
Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatYevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyat

Namanganda 150 mln dollarlik Arashan Resort sayyohlik majmuasi qurilmoqda

Namanganda 150 mln dollarlik Arashan Resort sayyohlik majmuasi qurilmoqda

Namanganda Yaponiya bilan hamkorlikda 150 mln dollarlik Arashan Resort majmuasi barpo etilmoqda. Loyiha 2 mingta yangi ish o‘rni yaratadi.

Namangan viloyatining Pop tumanida ulkan rekreatsion imkoniyatlarga ega Arashan Resort turistik majmuasi qurilishi boshlandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etuvchi ushbu loyiha Yaponiyaning Nippon Global Education and Assessment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 600 gektar maydonni egallaydigan majmua to‘liq ishga tushgach, kuniga 2,5 ming nafar, yiliga esa 912 ming nafargacha sayyohni qabul qilish quvvatiga ega bo‘ladi.

Loyiha doirasida hududda ekologik, ekstremal va tog‘ turizmi infratuzilmasi, shuningdek, gastronomik markazlar va sog‘lomlashtirish zonalari tashkil etiladi. Sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida majmuada tematik parklar, tog‘-chang‘i yo‘laklari, ziplaynlar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr hamda termal suvli basseynlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, majmua hududida ekobozor, bolalar va sport maydonchalari hamda zamonaviy umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyat yuritadi.

Ushbu yirik investitsion loyiha nafaqat viloyatning turistik salohiyatini oshirishga, balki hududda 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qiladi. Arashan Resort majmuasining ishga tushirilishi Pop tumanini respublikaning tog‘li hududlaridagi eng yirik dam olish maskanlaridan biriga aylantirishi kutilmoqda.