So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

Qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasi uchun bir yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Jazo ma’muriy choradan so‘ng qayta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi.

O‘zbekiston qonunchiligiga qimmatbaho resurslarning noqonuniy savdosi ustidan nazoratni kuchaytiruvchi o‘zgartishlar kiritildi. MJtKning 170-moddasiga ko‘ra, tegishli ruxsatnomasiz oltin, kumush, platina kabi metallarni yoki qimmatbaho toshlarni sotib olish va sotish 15 sutkagacha ma’muriy qamoq yoki BHMning 20 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.

Bunda noqonuniy savdoga qo‘yilgan barcha ashyolar davlat foydasiga musodara qilinadi. Cheklovlar har qanday holatdagi, jumladan, quyma va affinlangan qimmatbaho metallar, shuningdek, tabiiy olmos, yoqut, zumrad va marvaridlarga taalluqlidir.

Agarda shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida yana shunday huquqbuzarlikka qo‘l ursa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi. Qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasi uchun bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanishi mumkin.

Qonunda alohida qayd etilishicha, ushbu tartiblar faqat xomashyo va sanoat buyumlariga tegishli. Tayyor zargarlik buyumlari, tilla va kumushdan yasalgan ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning parchalari (lom) bilan bog‘liq savdo amaliyotlari taqiqlanmagan.