Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

O‘quvchi qizga Telegramdan shahvoniy xabarlar yuborgan maktab direktori qamoqqa olindi

O‘quvchi qizga Telegramdan shahvoniy xabarlar yuborgan maktab direktori qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan o‘quvchisiga shilqimlik qilgan maktab direktori ustidan sud hukmi o‘qildi. U o‘zining uyatsiz xabarlarini «tarbiya berish» bilan oqlamoqchi bo‘lgani uchun 5 sutka qamoq jazosini oldi.

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida voyaga yetmagan o‘quvchisiga nisbatan shahvoniy mazmunda xabarlar yuborgan maktab direktori jazoga tortildi. 39 yoshli muassasa rahbari J.I. aprel oyi o‘rtalarida Telegram messenjeri orqali o‘z o‘quvchisiga nisbatan axloqsiz takliflar va shahvoniy mazmundagi SMSlar yuborgani tasdiqlandi. Ushbu holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Sud majlisi davomida J.I. barcha ayblarni tan olib, o‘z qilmishini oqlash uchun g‘alati vaj keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘quvchi qizga bunday xabarlarni go‘yoki «tarbiya berish maqsadida» yozgan ekan. Biroq jabrlanuvchi tomon ushbu vajlarni rad etib, pedogogik etika va qonunni buzgan shaxsning maktabda ishlashi xavfli ekanini ta’kidladi. O‘rtachirchiq tumani sudi direktorning «tarbiyaviy» bahonalarini inobatga olmay, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan aybdor deb topdi va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish