So‘nggi:
Filippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyatDushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyat

KXDR Janubiy Koreyani rasman «eng dushman davlat» deb e’lon qildi

KXDR Janubiy Koreyani rasman «eng dushman davlat» deb e’lon qildi

Kim Chen In Janubiy Koreyani «eng dushman davlat» deb atadi va birlashish imkoniyatini rad etdi. KXDR o‘zining yadroviy maqomi o‘zgarmasligini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan va Seul o‘rtasidagi munosabatlarda yangi, keskin davr boshlanganini ma’lum qildi. 15-chaqiriq Oliy xalq majlisining birinchi sessiyasidagi nutqida u Janubiy Koreyani rasman mamlakatning «eng asosiy dushmani» deb atadi. The Korea Herald nashrining yozishicha, KXDR rahbari ikki davlatning tinch yo‘l bilan birlashish imkoniyatini butunlay inkor etgan.

Pxenyanning yangi doktrinasidagi asosiy yo‘nalishlar:

  • Kim Chen In Seulni Shimoliy Koreya davlatchiligini tugatishga urinishda aybladi. Shuningdek, u Janubiy Koreyani mudofaa va tashqi siyosatda mustaqil bo‘lmagan, AQSHga qaram «vassal davlat» deb ta’rifladi.

  • KXDRning yadroviy davlat sifatidagi maqomi o‘zgarmasligi va mamlakat «dushman kuchlarga» qarshi turishda davom etishi ta’kidlandi.

  • Seul tomonidan har qanday provokatsiya sodir etilsa, Pxenyan buning uchun «ayovsiz badal» to‘latishga va’da berdi.

E’tiborlisi, Pxenyan tomonidan bunday keskin ritorikaning yangrashi Janubiy Koreyada hokimiyat almashganidan so‘ng kuzatilmoqda. 2025-yil yozida prezidentlikka kelgan Li Je Myon keskinlikni pasaytirish va Shimol bilan muloqotni tiklash niyatini bildirgan edi. Biroq Kim Chen Inning oxirgi bayonotlari Seulning tinchlik tashabbuslarini so‘roq ostida qoldirmoqda.