So‘nggi:
Qatarlik futbolchi JChdagi tarixiy goli uchun 3 mln dollar va Rolls-Royce bilan taqdirlanadiSportShavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladiSiyosatSamarqanddagi xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv hovuziga tushib ketishi oqibatida vafot etdiJamiyatJastin Getji Iliya Topuriyani mag‘lub etib, yangi UFC chempioniga aylandiSportOlimlar inson embrioni genlarini aniq nuqtali tahrirlashga muvaffaq bo‘ldilarDunyoGermaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladiSiyosatGaz arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi o‘rindaJamiyatEski mashinalar uchun yiliga 12,3 mln so‘m ekologik to‘lov joriy etilishi mumkinJamiyatToshkent hokimi Shavkat Umurzakov dastlabki renovatsiya shtablari faoliyati bilan tanishdiSiyosatSamarqandda Rossiyada mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo‘lganlar uchun test markazi tashkil etiladiSiyosat

Kaspiy dengizi global isish oqibatida shiddat bilan qurimoqda — BMT

Kaspiy dengizi global isish oqibatida shiddat bilan qurimoqda — BMT

UNEP hisobotiga ko‘ra, yaqin 50 yilda Kaspiy dengizi isish oqibatida shiddat bilan qurib ketadi. Iqlim o‘zgarishi va daryolardagi to‘g‘onlar beshta davlat ekotizimiga hamda portlariga tahdid solmoqda.

Kaspiy dengizida suv sathi pasayishda davom etmoqda. BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) ekspertlarining 2026-yil 3-iyundagi hisobotiga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda dunyodagi eng yirik ichki materik suv havzasi sezilarli darajada sayozlashishi mumkin. Bu esa mintaqa davlatlari uchun jiddiy ekologik va iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Yaqin 50 yil ichida suv sathining yanada pasayishi beshta qirg‘oqbo‘yi davlati: Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmanistondagi millionlab insonlar hayotiga bevosita ta’sir qiladi. Tabiiy ravishda jahon okeaniga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan ushbu berk havzada bugubgi kunda iqlim o‘zgarishi sababli global haroratning ko‘tarilishi suvning bug‘lanishini kuchaytirmoqda ва asosiy muammoga aylanmoqda.

Dengizning qurishi bioxilma-xillikka og‘ir zarba bermoqda. Quyidagi turlar yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi:

  • Osetr (baqra) baliqlari: sayyoradagi osetr baliqlarining qariyb 90 foizi endilikda daryo deltalariga uvildirid tashlash uchun borolmayapti.

  • Kaspiy tyuleni (nerpa): dengizning shimoliy qismidagi qishki muzliklarda bolalaydigan ushbu endemik turning yashash sharoiti yomonlashgan.

  • Qushlar: sayozlashuv 100 dan ortiq botqoqlik qushlari turlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kaspiy gidrologik rejimiga inson omili ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Dengizga quyiladigan suvning qariyb 80 foizini ta’minlovchi Volga daryosida 14 mindan ortiq to‘g‘on qurilgani hamda qishloq xo‘jaligi va sanoat uchun suvning tinimsiz olinishi oqimni keskin kamaytirib yuborgan.

Suv sathining pasayishi port infratuzilmasi, kemachilik, baliqchilik va turizmga tahdid solmoqda. Portlarni yangi sharoitlarga moslashtirish mintaqaga yuzlab million dollarga tushishi mumkin.

Inqirozni bartaraf etish uchun UNEP qirg‘oqbo‘yi davlatlarini 2003-yilgi Tehron konvensiyasi doirasida birlashishga, iqlim monitoringini yo‘lga qo‘yishga va qo‘shma choralarni rejalashtirishga chaqirmoqda. Ozarbayjon Prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha vakili idorasi katta maslahatchisi Faiq Mutallimovning ta’kidlashicha, Kaspiyni muhofaza qilish barcha qirg‘oqbo‘yi mamlakatlarining kechiktirib bo‘lmas jamoaviy mas’uliyatidir.