Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqardi

AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqardi

AQSh Suriyani 1979-yildan beri kiritilgan terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqardi hamda «Xayat Tahrir ash-Sham» guruhidan sanksiyalarni olib tashladi. Bu haqda Davlat departamenti va Moliya vazirligi e’lon qildi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ushbu qaror prezident Ahmad ash-Sharaa rahbarligidagi Suriya hukumatining mamlakatni xalqaro terrorchilikdan to‘liq ajratish bo‘yicha tashlagan ijobiy qadamlari va olgan majburiyatlari tufayli qabul qilinganini ta’kidladi.

Davlat kotibining qayd etishicha, so‘nggi bir yil ichida Suriya hukumati IShIDga qarshi global koalitsiyaga rasman qo‘shilgan hamda «Al-Qaida» va boshqa qurolli guruhlarga qarshi aksilterror operatsiyalarini o‘tkazib kelmoqda.

AQSh Moliya vaziri Skott Bessentning bildirishicha, cheklovlarning olib tashlanishi Suriyaga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi hamda mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Tarixiy kontekst

Suriya 1979-yildan beri AQShning terrorizm homiylari ro‘yxatida turgan edi.

2025-yilning iyun oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga nisbatan 2004-yilda joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi farmonni imzolagan edi. Bunga qadar Tramp Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi «Xayat Tahrir ash-Sham» guruhining hujumi 2024-yil dekabrida Bashar Asad rejimining agdarilishiga olib kelgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish