O‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyo

Jizzaxda yo‘lovchi qizga tegajog‘lik qilgan taksichi besh sutkaga qamaldi

Jizzaxda yo‘lovchi qizga tegajog‘lik qilgan taksichi besh sutkaga qamaldi

Jizzaxda taksi haydovchisi yo‘lovchi qizga shahvoniy tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi va 8,2 mln so‘m jarimaga tortildi.

Voqea 25-mart kuni ertalab soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. Nexia rusumli avtomobil haydovchisi markaz tomon harakatlanayotgan vaqtida salonda bo‘lgan qizga nisbatan axloqsiz takliflar bildirgan hamda uning oyog‘idan ushlab, tegajog‘lik qilgan.

Sud materiallariga ko‘ra, erkak o‘z harakatlari bilan jamoat tartibi va axloq normalarini buzgan deb topildi. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) va 40-moddasi (Tuhmat) bo‘yicha aybdor deb bildi. Huquqbuzarga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 8 million 240 ming so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Ushbu holat O‘zbekiston qonunchiligida shahvoniy shilqimlik uchun javobgarlik kuchaytirilganidan so‘ng qayd etilgan navbatdagi qat’iy choradir. Mutaxassislar ayollarga nisbatan bunday tazyiqlarning oldini olishda jazo muqarrarligi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish