So‘nggi:
Filippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyatDushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyat

Jizzax viloyatida AES qurilishi uchun beton ishlari boshlandi

Jizzax viloyatida AES qurilishi uchun beton ishlari boshlandi

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi amaliy bosqichga o‘tdi. Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan maydonda beton ishlari boshlandi.

“Uzatоm” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda reaktor bo‘limi uchun asos tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu bosqich doirasida gidroizolyatsiya va yerga ulash tizimlari ham yaratiladi. Mazkur ishlarni 2026-yil aprel oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Fundamentni shakllantirish uchun taxminan 900 kub metr maxsus beton aralashmasidan foydalaniladi. Hozirda “Rosatom” tarkibidagi “Atomstroyeksport” kompaniyasi mutaxassislari hamda AES direksiyasi energoblokning asosiy binosi uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

“Uzatоm” rahbari Azim Ahmedxodjayevning ta’kidlashicha, 2026-yil yozida quruvchilar asosiy bosqich — reaktor binosini qurishni boshlaydi.

Loyiha tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyatida qurilayotgan AES Markaziy Osiyoda ushbu turdagi ilk yirik energetik obyekt bo‘lib, mamlakatning uzoq muddatli energetik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.