So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

Isroil G‘azo sektoriga xorijiy xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozi bo‘ldi

Isroil G‘azo sektoriga xorijiy xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozi bo‘ldi

Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejasi doirasida G‘azo sektoriga Uganda va Marokash kabi do‘st mamlakatlarning xalqaro xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozilik berdi. Tegishli qaror Binyamin Netanyaxuning AQSHga tashrifi arafasida qabul qilindi.

«Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari» (International Stabilization Force) deb nomlangan mazkur missiya tarkibiga Uganda va Marokash kabi Isroilga do‘st bo‘lgan mamlakat harbiy xizmatchilaridan iborat 200 nafar askar kirishi rejalashtirilgan. Ushbu kuchlar Isroil armiyasi nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga joylashtiriladi. Shuningdek, belgilangan tartibga ko‘ra, har bir xorijiy harbiy kontingentning G‘azo hududiga kirishi uchun Isroilning alohida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri roziligi talab etiladi.

Hozircha xalqaro tinchlikparvar kuchlarning anklavga aynan qaysi sanadan e’tiboran kiritilishi ochiqlanmagan. Ta’kidlash joizki, G‘azo sektorining katta qismi 2023-yil 7-oktyabrda HAMAS harakatining hujumi bilan boshlangan hamda deyarli ikki yildan buyon davom etayotgan shiddatli urush va bombardimonlar sababli vayronaga aylangan.

Trampning tinchlik rejasi va jarayondagi to‘siqlar

AQSH prezidenti Donald Tramp 2025-yilning oktyabr oyida erishilgan dastlabki kelishuvlardan so‘ng G‘azo bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini rasman e’lon qilgan edi. Hujjat bir qancha muhim shartlarni:

  • Gumanitar yordam hajmini keskin oshirishni;

  • Falastinlik texnokratlar boshqaruvini joriy etishni;

  • HAMAS guruhi qurollarni topshirishi va qurolsizlanishini;

  • Isroil qo‘shinlarini bosqichma-bosqich anklavdan olib chiqilishini nazarda tutadi.

Shunga qaramay, amalda tinchlik jarayoni to‘xtab qolgan. Anklavni boshqarishi lozim bo‘lgan «G‘azoni boshqarish bo‘yicha milliy qo‘mita» deb ataluvchi texnokratlar guruhi hamon hududdan tashqarida qolmoqda. Bugungi kunda Isroil armiyasi G‘azo sektori hududining taxminan 64 foizini amalda o‘z nazorati ostida ushlab turibdi. Sektorning 2 millionga yaqin aholisi esa asosan HAMAS nazoratidagi tor hududlarda, vaqtinchalik chodirlar hamda vakron bo‘lgan binolarda o‘ta og‘ir sharoitlarda kun kechirmoqda.

HAMAS vakillari qurolsizlanish shartini bir necha bor qat’iyan rad etgan. O‘z navbatida, Isroil harbiylari deyarli har kuni zarbalar berishni davom ettirmoqda hamda nazorat hududini 70 foizgacha kengaytirishini ma’lum qilgan. Tramp rejasi doirasida tinchlik dasturining ijrosini nazorat qilish va kiritilayotgan xavfsizlik kuchlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun yuqori xalqaro organ sifatida Tinchlik kengashi tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar oyida Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum doirasida AQSH prezidenti Donald Tramp boshchiligida G‘azoni tiklashga qaratilgan Tinchlik kengashi tashkil etilgan va uning nizomi imzolangan edi. Mazkur tarixiy hujjatga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamda yana 17 ta davlat yetakchilari imzo chekishgan.

Kengashga doimiy a’zo bo‘lishni istagan mamlakatlar uchun 1 milliard dollar miqdorida ixtiyoriy badal to‘lash ko‘zda tutilgan, biroq O‘zbekiston va Qozog‘iston ushbu badalni to‘lamasdan kengash ishida ixtiyoriy shaklda qatnashmoqda. Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Marokash, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va BAA G‘azoni qayta tiklash jamg‘armasiga jami 7 milliard dollar ajratishi, AQSH esa Tinchlik kengashi loyihalarini moliyalashtirish uchun 10 milliard dollar xayriya qilishi ma’lum qilingan edi.