Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildi

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 2 286 ta YTH sodir bo‘ldi. yo‘l-transport hodisalar oqibatida 3 306 kishi jabrlandi. Eng ko‘p avariya Toshkent shahrida qayd etilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida turli darajada tan jarohati olgan va jabrlanganlar soni 3 306 nafarni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha avariyalar va ko‘ngilsiz hodisalarning eng yuqori ko‘rsatkichi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng kam ko‘rsatkich Buxoro viloyatida kuzatilgan.

Hududlar kesimida yo‘l-transport hodisalari statistikasi quyidagicha taqsimlandi:

  • Toshkent shahri — 420 ta YTH;

  • Samarqand viloyati — 311 ta YTH;

  • Toshkent viloyati — 271 ta YTH;

  • Farg‘ona viloyati — 218 ta YTH;

  • Namangan viloyati — 196 ta YTH;

  • Andijon viloyati — 160 ta YTH;

  • Qashqadaryo viloyati — 135 ta YTH;

  • Surxondaryo viloyati — 120 ta YTH;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 114 ta YTH;

  • Xorazm viloyati — 85 ta YTH;

  • Navoiy viloyati — 83 ta YTH;

  • Jizzax viloyati — 75 ta YTH;

  • Sirdaryo viloyati — 50 ta YTH;

  • Buxoro viloyati — 48 ta YTH.

O‘tayotgan yil davomida mamlakat yo‘llari hamda sanoat obektlarida bir qancha shov-shuvli va ayanchli avariyalar yuz bergan edi. Xususan, 21-iyul kuni Navoiy viloyatidagi «Muruntov» koni hududida ulkan «BelAZ» yuk mashinasi pikap avtomobilini pachaqlab ketishi oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan edi. Shuningdek, 16-iyul kuni Toshkent shahrida Onix rusumli avtomobil hamda YPX xodimining motosikli to‘qnashib ketgan va oqibatda YPX xodimi olgan og‘ir jarohatlari sababli vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yil yakunlari bo‘yicha yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 188 kishi halok bo‘lgan, 8 901 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan edi. O‘sha paytda ushbu ko‘rsatkichlar 2024-yilga nisbatan biroz kamaygani qayd etilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish