So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

AQSH Hormuz bo‘g‘ozini xalqaro konsorsium boshqaruviga berishni taklif qilmoqda

AQSH Hormuz bo‘g‘ozini xalqaro konsorsium boshqaruviga berishni taklif qilmoqda

AQSH Hormuz bo‘g‘ozini xalqaro konsorsium boshqaruviga berishni taklif qildi. Marko Rubio G7 yig‘ilishida erkin kema qatnovi va to‘lovlarning bekor qilinishini talab qildi.

Donald Tramp ma’muriyati dunyo neft yetkazib berish zanjiri uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatish tashabbusi bilan chiqdi. AQSH davlat kotibi Marko Rubio ushbu taklifni «Katta yettilik» (G7) davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida taqdim etdi.

Jahon energetika xavfsizligining muhim nuqtasi hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozi xalqaro boshqaruvga o‘tkazilishi mumkin. The Daily Telegraph nashrining diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSH davlat kotibi Marko Rubio ushbu hududda kemalar qatnovi mutlaqo erkin bo‘lishi va hech qanday to‘lovlar undirilmasligini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.

Podrobno.uz nashri qayd etishicha, avvalroq Turkiya, Misr va Saudiya Arabistoni ham bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi neft oqimlarini boshqarish bo‘yicha o‘z muqobil rejalarini ilgari surgan edi. Pokistondagi manbalarning tasdiqlashicha, ushbu davlatlarning qo‘shma takliflari ham Oq uyga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Hormuz bo‘g‘ozi global neft eksportining chorak qismi o‘tadigan asosiy yo‘lak hisoblanadi va uning xalqaro maqomi o‘zgarishi Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.