Toshkentda 15–16 yoshli qizlar orasida yettita homiladorlik holati qayd etildiJamiyatToshkentda meningokokk infeksiyasi rekord darajada avj oldi, 24 kishi vafot etdiJamiyatO‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyatini muhokama qildiJamiyatToshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni reytingidan o‘rin oldiDunyoUzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildiJamiyatQirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyat

O‘zbekistonda 22 mingdan ortiq haydovchi 5 jarima balli to‘plab ulgurdi

O‘zbekistonda 22 mingdan ortiq haydovchi 5 jarima balli to‘plab ulgurdi

O‘zbekiston yo‘llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimlar haydovchilarning jarima ballariga bevosita ta’sir ko‘rsata boshladi. YHXDX ma’lumotlariga ko‘ra 22-aprel holatiga ko‘ra respublika bo‘ylab 22 638 nafar haydovchi o‘z hisobiga 5 jarima ballini yozdirib qo‘ygan.

Joriy oy boshidan e’tiboran jarima ballari nafaqat inspektorlar tomonidan balki kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham avtomatik tarzda hisoblanmoqda.

Hozirgi vaqtda ballar to‘planishi bo‘yicha vaziyat ancha jiddiy tus olmoqda. 3 nafar haydovchi allaqachon 10 ball to‘plagan va haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lishga juda yaqin turibdi. Ma’lumki 12 ball to‘plagan shaxs avtomatik ravishda mashina boshqarish huquqidan mahrum etiladi biroq hozircha mamlakatda bunday yuqori ko‘rsatkichga yetganlar qayd etilmagan. 5 ball to‘plagan barcha haydovchilar xavf hududidagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jarima ballari tizimining to‘liq ishga tushishi yo‘llarda tartibni saqlashning muhim vositasiga aylandi. Endilikda kameralar orqali aniqlangan tezlikni oshirish yoki taqiqlangan chiroqda o‘tish kabi qoidabuzarliklar haydovchining shaxsiy profilida jamlanib boradi. YHXDX haydovchilarni hushyorlikka chorlab bir yil davomida to‘plangan 12 ball guvohnomadan vaqtincha ayrilishga sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Izohlar

    Izoh qoldirish