Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kg narkotik modda qo‘lga olindi

Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kg narkotik modda qo‘lga olindi

Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklariga yashirilgan 20 kg ga yaqin opiy va gashish to‘xtatib qolindi. DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uch kishi qo‘lga olindi.

Farg‘ona viloyatida DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalarining yirik partiyasi aniqlandi. Rishton tumanining “Dehqonobod” mahallasida qo‘shni davlatdan kirib kelgan Volvo yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda, uning g‘ildiraklari ichiga xufiya tarzda yashirilgan narkotiklar topildi. Jami 3 kg 408 gramm opiy va 16 kg 405 gramm gashish moddalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Tezkor amaliyot davomida yuk mashinasi haydovchisi hamda narkotiklarni qabul qilib olayotgan buyurtmachi — Uchko‘prik tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro ushlandi. Surishtiruvlar natijasida ushbu jinoiy sxemaga buyurtmachining 46 yoshli otasi ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari, jumladan, kontrabanda va giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish