So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Farg‘onada suv omboriga tushib ketgan aka-uka vafot etdi

Farg‘onada suv omboriga tushib ketgan aka-uka vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida aka-uka suvga cho‘kib vafot etdi. Bolalar o‘yinchoqni olmoqchi bo‘lib suvga tushib ketgani aytilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, fojia 19-mart kuni soat 20:05 atrofida «Buloqboshi» MFY hududidagi suv taqsimlash omborida yuz bergan. Unda «X.Olimjon» mahallasida yashagan voyaga yetmagan aka-uka — 2018-yilda tug‘ilgan Z.S. va 2020-yilda tug‘ilgan S.Z. ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, kichik farzand S.Z. suv bo‘yida o‘ynab yurganida o‘yinchigini tushirib yuborgan va uni olaman deb muvozanatni yo‘qotib, suvga yiqilgan. Uni qutqarishga uringan akasi Z.S. ham o‘zini suvga tashlagan, biroq har ikki bola voqea joyida cho‘kib ketgan. Bolalar uyga qaytmagach, ularni qidirishga tushgan otasi X.Q. jasadlarni kanal hududida ko‘rib qolgan. Jasadlar FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqilgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘limga nafas yo‘llarining suv bilan to‘silishi oqibatidagi mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. Bolalar tanasida tan jarohati izlari aniqlanmagan. Hozirda Beshariq tumani prokuraturasi voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda va tekshiruv jarayoni nazoratga olingan.