So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi savdo kemalari uchun haq undirishni boshlaydi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi savdo kemalari uchun haq undirishni boshlaydi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi tankerlar uchun 2 mln dollar miqdorida haq undirishni rejalashtirmoqda. Rossiya va Xitoy kemalari uchun tranzit bepul qoladi.

Eron hukumati savdo kemalarining Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishi uchun majburiy to‘lov tizimini joriy etmoqda. Tegishli qonun loyihasiga ko‘ra, tankerlar va yuk kemalari uchun xavfsizlik hamda boshqa xizmatlar maxsus yig‘imlar hisobiga moliyalashtiriladi. Tehron allaqachon kemalarni ro‘yxatga olish va o‘tish huquqini tasdiqlashning rasmiy tartibini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20-martdan boshlab Tehron ayrim tashuvchilar uchun individual tartibda pullik tranzitni qo‘llay boshlagan. Tasdiqlangan operatorlar uchun tashkil etilgan «xavfsiz koridor» narxi har bir o‘tish uchun 2 million dollar atrofida baholanmoqda. Bu chora AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari boshlanganidan so‘ng qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Hormuz bo‘g‘ozi jahon neft savdosining 20 foizi va suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) hajmining 30 foizidan ortig‘ini ta’minlovchi eng muhim nuqta hisoblanadi. 25-mart kuni Tehron «do‘st davlatlar» — Rossiya, Xitoy, Hindiston, Iroq va Pokiston kemalari uchun bepul tranzitga ruxsat bergan edi. Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi geosiyosiy vaziyatda mamlakat raqiblariga bo‘g‘ozdan foydalanishga yo‘l berish mantiqsiz ekanini ta’kidladi.