Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Endilikda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftada 1 marta tozalanishi kerak

Endilikda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftada 1 marta tozalanishi kerak

Adliya vazirligi ko‘p kvartirali uylarni saqlash qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Endilikda yo‘laklar va liftlarni tozalash, avariyalarni bartaraf etish hamda texnik pasport yuritish bo‘yicha qat’iy muddat va talablar belgilandi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, uyning umumiy foydalanishdagi hududlarini parvarish qilish bo‘yicha quyidagi muddatlarga amal qilinishi shart:

  • Haftalik tozalov: Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari, zinapoyalari va lift xonalari haftada kamida 1 martatozalanishi lozim.

  • Doimiy monitoring: Lift uskunalari doimiy ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazib boriladi va ularning uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.

  • Sanitariya ishlari: Uyning yerto‘lalari, chiqindi kameralari va boshqa umumiy joylari zaruratga qarab boshqarish organi tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyalanishi shart.

Hujjatda yerto‘la qismidagi quvurlar holatiga alohida e’tibor qaratilgan. Agar quvurlarda avariya yuz berishi natijasida suv yoki oqova suvlar to‘planib qolsa, boshqarish organi 24 soat mobaynida ushbu suvlarni chiqarib yuborishi va hududni tozalashi shart.

Mulkdorlarning huquqlari va boshqaruv organlarining majburiyatlari

Uy-joy sohasidagi islohotlar doirasida quyidagi muhim yangiliklar joriy etilmoqda: Boshqarish organlari har bir ko‘p kvartirali uy uchun alohida umumiy texnik pasport yuritadi, unda binoning barcha konstruksiyalari va muhandislik tarmoqlari holati qayd etib boriladi. Shuningdek, boshqaruv organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlarning soz holatda saqlanishi uchun bevosita mas’ul hisoblanadi.

Uyda shovqin darajasi sanitariya me’yorlaridan oshmasligi shart, bu esa aholining tinch dam olish huquqini himoya qiladi. Uyning fasad qismiga reklama, afisha o‘rnatish yoki me’morchilik detallarini o‘zgartirish kabi harakatlar faqat mulkdorlar umumiy yig‘ilishining qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.

Izohlar

    Izoh qoldirish