O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Dunyoning qator davlatlarida Telegram ishida nosozlik kuzatildi

Dunyoning qator davlatlarida Telegram ishida nosozlik kuzatildi

Dunyoning bir qator mamlakatlarida Telegram ishida nosozlik kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Foydalanuvchilar xabar yuborishda kechikishlar va fayllarni yuklash bilan bog‘liq muammolar haqida ommaviy ravishda yozmoqda.

Foydalanuvchilarning aytishicha, oddiy matnli xabarlar kechikib yuborilmoqda, ovozli xabarlar, rasmlar, videolar va boshqa fayllar esa deyarli yuklanmayapti.

Nosozliklar haqida xabarlar Rossiya va boshqa bir qator davlatlardan kelib tushmoqda. Bu esa xizmat ishida global texnik muammo yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayrim foydalanuvchilar messenjer faoliyatida jiddiy muammolar kuzatilmayotganini bildirgan.

Hozircha Telegram vakillari tomonidan rasmiy izoh berilmagan.