Olmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyat

Chorvachilikda oqsil kasalligi xavfi sababli bir oylik sanitariya tadbirlari e’lon qilindi

Chorvachilikda oqsil kasalligi xavfi sababli bir oylik sanitariya tadbirlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda 18-apreldan chorva mollari orasida oqsil kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha favqulodda profilaktika choralari boshlandi. Mutaxassislar yangi turdagi virus xavfidan ogohlantirmoqda.

O‘zbekiston chorvachilik xo‘jaliklarida yaщur kasalligi tarqalish xavfini bartaraf etish maqsadida 18-apreldan 18-mayga qadar maxsus «Sanitariya-epidemiologik gigiyena oyligi» joriy etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fermerlar kengashi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatlarda kasallik avj olayotgani va ijtimoiy tarmoqlarda hayvonlarning nobud bo‘layotgani aks etgan videolar tarqalayotgani ushbu chorani kechiktirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, SAT turidagi yangi virus shtammlari mavjud vaksinalarga chidamli bo‘lishi mumkinligi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Fermer va chorvadorlarga xo‘jalik hududiga begona shaxslar va transport kirishini cheklash, kirish yo‘llarida dezinfeksiya to‘siqlarini o‘rnatish tavsiya etilmoqda. Agar hayvonda isitma chiqishi, og‘iz bo‘shlig‘i yoki tuyoqlarda yaralar paydo bo‘lishi kuzatilsa, uni zudlik bilan podadan ajratish va veterinarga murojaat qilish shart.

Shuningdek, kasallik alomatlari aniqlangan taqdirda sut mahsulotlarini qaynatmasdan iste’mol qilmaslik va mutaxassislar nazoratisiz dori vositalarini qo‘llamaslik qat’iy tayinlandi. Profilaktika uchun qoramollarni yilda ikki marta, qo‘ylarni esa bir marta emlash talab etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish