Olmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyat

Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoro shahrida Chery rusumli avtomobil haydovchisi mast holda yirik yo‘l halokati sodir etdi. Hodisa oqibatida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan kichik yoshdagi bola tan jarohati oldi.

Zarba kuchidan boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishdagi Lacetti bilan to‘qnashgan va piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2021-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Voqea joyidan qochishga uringan haydovchi harakat davomida yana bir avtotransportga zarar yetkazgan. IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida haydovchining og‘ir darajadagi mastlik holati tasdiqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Qonunbuzar haydovchilik huquqidan 3 yilga mahrum etilishi va 13,2 million so‘m (40 BHM) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish