So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

O‘zbekistonda bitiruv va kirish imtihonlari yagona tizimga birlashtiriladi

O‘zbekistonda bitiruv va kirish imtihonlari yagona tizimga birlashtiriladi

 Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, maktab bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihoni joriy etiladi. Imtihon natijalari ham attestat berish, ham OTMga kirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston ta’lim tizimida maktabni tamomlash va oliy o‘quv yurtlariga kirish sinovlarini yagona formatga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasi e’lon qilindi. Mazkur islohot bitiruvchilarga o‘z bilimlarini bir marta topshirilgan imtihon orqali tasdiqlash va shu natija bilan oliygohlarga hujjat topshirish imkonini beradi. Bu tizim ortiqcha imtihon yuklamasini kamaytirib, qabul jarayonining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Yangi tartibga binoan, 11-sinf bitiruvchilari ona tili va matematika fanlaridan majburiy ravishda, yana ikkita mutaxassislik fanidan esa ixtiyoriy ravishda imtihon topshiradilar. Loyihada O‘zbekiston tarixi fanining majburiy fanlar blokidan chiqarilishi alohida qayd etilgan. Tizimning tajriba-sinov bosqichi 2026-yildan Navoiy, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda boshlanadi, 2027-yildan esa butun respublika ushbu tartibga o‘tadi. Milliy yoki xalqaro sertifikati bor o‘quvchilarga tegishli fan bo‘yicha maksimal ball berish tartibi saqlab qolinmoqda.