Toshkentda 15–16 yoshli qizlar orasida yettita homiladorlik holati qayd etildiJamiyatToshkentda meningokokk infeksiyasi rekord darajada avj oldi, 24 kishi vafot etdiJamiyatO‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyatini muhokama qildiJamiyatToshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni reytingidan o‘rin oldiDunyoUzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildiJamiyatQirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyat

Angrendagi janjal ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi

Angrendagi janjal ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi

Angren shahrida ikki kishini pichoqlab o‘ldirgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Toshkent viloyati prokuraturasi o‘zaro nizo oqibatida sodir etilgan qotillik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Toshkent viloyatining Angren shahrida 22-aprel kuni mudhish jinoyat sodir etildi. Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bir necha kishi o‘rtasida kelib chiqqan og‘zaki kelishmovchilik fojiaga sabab bo‘lgan. Janjal paytida ishtirokchilardan biri oshxona pichog‘i bilan ikki nafar erkakka halokatli jarohatlar yetkazgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchilar voqea joyida vafot etgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida gumonlanuvchi ushlandi. Hozirda tergovchilar janjalning kelib chiqish sabablarini va barcha ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho berishmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdor deb topilgan shaxs uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilishi mumkin. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish