Toshkentda 15–16 yoshli qizlar orasida yettita homiladorlik holati qayd etildiJamiyatToshkentda meningokokk infeksiyasi rekord darajada avj oldi, 24 kishi vafot etdiJamiyatO‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyatini muhokama qildiJamiyatToshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni reytingidan o‘rin oldiDunyoUzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildiJamiyatQirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyat

Isroil OAV Ali Xameneiy halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda, Tehron buni rad etdi

Isroil OAV Ali Xameneiy halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda, Tehron buni rad etdi

Shanba kuni Eron oliy yetakchisi Tehrondagi zarbalar oqibatida vafot etgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Eron hukumati rahbariyat omon ekanini aytmoqda, O‘zbekiston TIV esa tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

28-fevral, shanba kuni Isroilning bir qator ommaviy axborot vositalari Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xameneiy halok bo‘lgani yoki og‘ir yaralangani ehtimoli haqida xabar tarqatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehronning hukumat kvartaliga berilgan zarbalar natijasida yetakchining qarorgohi jiddiy zarar ko‘rgan va u bilan aloqa uzilgan. The New York Times nashri tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ham Tehrondagi davlat rahbariyatiga tegishli majmualar vayron bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Eron rasmiylari ushbu ma’lumotlarni asossiz deb atamoqda. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi oliy yetakchi sog‘-omon ekani va barcha yuqori lavozimli mulozimlar o‘z joyida ekanini bildirdi. Shunga qaramay, Tehron markazida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan va hukumat binosiga olib boruvchi yo‘llar yopilgan. Mintaqadagi vaziyat keskinlashishi fonida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va mojaroni bosiqlik bilan hal qilishga chaqirdi.