В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

2027-yildan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka krediti bo‘yicha yangi imtiyozlar beriladi

2027-yildan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka krediti bo‘yicha yangi imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimi joriy etilmoqda. 2027-yildan boshlab birlamchi bozordagi xonadonlar uchun ipoteka foizlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni o‘z uyiga ega bo‘lishi uchun moliyaviy ko‘mak berish va ularning to‘lov qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Yangi tartibning eng muhim jihati foiz stavkalarini subsidiyalash mexanizmi bilan bog‘liq. Yosh oilalar tomonidan olingan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Masalan, agar bankdagi ipoteka stavkasi asosiy stavkadan yuqori bo‘lsa, oila faqat asosiy stavka darajasidagi foizlarni to‘laydi, qolgan farqni davlat bankka o‘tkazib beradi. Bu esa yosh oilalarga uzoq muddatli kredit yukini yengillashtirish imkonini beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun bir qator qat’iy talablar belgilangan bo‘lib, ular yordamning manzilli bo‘lishini ta’minlaydi. Kredit olish uchun ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim. Shuningdek, haqiqiy muhtojlikni aniqlash maqsadida «toza tarix» tamoyili joriy etilgan: er-xotinning nomida oxirgi uch yil davomida mulk huquqi asosida hech qanday ko‘chmas mulk ob’ekti ro‘yxatda turmagan bo‘lishi shart. Ushbu chora uy-joy bozoridagi chayqovchiliklarning oldini olishga va imtiyozdan faqat birinchi marta uy sotib olayotgan yoshlarning foydalanishiga xizmat qiladi.