So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

O‘zbekistonda ariqlarni chiqindi bilan to‘ldirganlik uchun jazo choralari keskinlashtirildi

O‘zbekistonda ariqlarni chiqindi bilan to‘ldirganlik uchun jazo choralari keskinlashtirildi

O‘zbekistonda ariqlarni ifloslantirish va o‘rmon yerlarida noqonuniy qurilish qilish uchun jazo kuchaytirildi. Yangi jarimalar 28-iyundan kuchga kiradi.

O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilish maqsadida Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodekslariga muhim o‘zgartishlar kiritildi. Yangi tartibga ko‘ra, aholi punktlaridagi ariqlar va sug‘orish kanallarini chiqindilar bilan to‘ldirish suvdan foydalanish qoidalarini buzishga tenglashtirildi. Bu kabi huquqbuzarlik uchun fuqarolarga 2 million so‘mgacha (5 BHM), mansabdor shaxslarga esa 4 million so‘mdan ortiq (10 BHM) miqdorda jarima solinishi belgilandi.

Shuningdek, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlaridagi qonunbuzarliklar uchun ham sanksiyalar sezilarli darajada oshirildi. Agarda ushbu qoidalar bir yil ichida takroran buzilsa, mansabdor shaxslar uchun jarima miqdori 123,6 million so‘mgacha (300 BHM) yetishi mumkin. Suv resurslarini ifloslantirganlik uchun fuqarolarga qo‘llaniladigan jarima miqdori esa avvalgi 3–5 barobardan 15–20 barobargacha (6,18–8,24 mln so‘m) ko‘tarildi.

Qonunchilikdagi eng jiddiy yangiliklardan biri — o‘rmon fondi yerlarini noqonuniy o‘zlashtirish va u yerda qurilish ishlarini olib borish bilan bog‘liqdir. Endilikda ma’muriy jazodan so‘ng o‘rmon yerlarida bino yoki inshoot qurgan shaxslar 5 yilgacha, takroran sodir etilganda esa 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga zarar yetkazish, xususan, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalar miqdori bir necha barobarga oshirilib, 247,2 million so‘mgacha belgilandi. Ushbu yangi tartiblar 2026-yilning 28-iyunidan boshlab rasman kuchga kiradi.


Ekologik huquqbuzarliklar uchun yangilangan jarimalar (BHM hisobida)

Huquqbuzarlik turi Fuqarolar uchun (yangi) Mansabdorlar uchun (yangi)
Ariqlarni chiqindi bilan to‘ldirish 3 – 5 5 – 10
Daryo o‘zanini tozalash qoidasini buzish 50 – 100 150 – 200
Suvlarni ifloslantirish (72-modda 1-qism) 15 – 20 25 – 50
Suv quduqlarini burg‘ulash qoidasini buzish 5 – 10 25 – 35