Toshkentda 15–16 yoshli qizlar orasida yettita homiladorlik holati qayd etildiJamiyatToshkentda meningokokk infeksiyasi rekord darajada avj oldi, 24 kishi vafot etdiJamiyatO‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyatini muhokama qildiJamiyatToshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni reytingidan o‘rin oldiDunyoUzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildiJamiyatQirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyat

Armanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondi

Armanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondi

Armanistonda o‘tkazilgan parlament saylovlarida Nikol Pashinyanning “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi qariyb 54,5 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi va G‘arb bilan aloqalarni chuqurlashtirish yo‘lini davom ettiradigan bo‘ldi.

Ovoz berish jarayoni 2026-yil 7-iyun kuni o‘tkazildi. Bu 2023-yilda Ozarbayjon bilan sodir bo‘lgan urushdagi mag‘lubiyatdan keyingi birinchi umumiy saylov bo‘lgani sababli Nikol Pashinyan hukumati uchun o‘ziga xos jiddiy sinov vazifasini o‘tadi.

Armaniston Markaziy saylov komissiyasi saylov uchastkalarining 21 foizidagi dastlabki natijalarni e’lon qilgan paytda partiyalarning ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi (Nikol Pashinyan) — 54,5 foiz;

  • Rossiya tarafdori bo‘lgan “Kuchli Armaniston ittifoqi” (Samvel Karapetyan) — 21,9 foiz;

  • “Armaniston ittifoqi” — 8,7 foiz;

  • “Farovon Armaniston” partiyasi — qariyb 5 foiz.

3 million aholiga ega mamlakatda saylovchilarning faolligi yuqori bo‘ldi — ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning qariyb 59 foizi saylov uchastkalariga kelgan.

Tarixiy g‘alaba va yangi geosiyosiy qadamlar Nikol Pashinyan 8-iyun kuni ertalab o‘tkazilgan matbuot anjumanida chiqish qilib, ushbu natijani “tarixiy g‘alaba” deb atadi. Uning “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 2018-yilda hokimiyatga kelganidan buyon mamlakatni G‘arbga yaqinlashtirish siyosatini olib bormoqda. Mazkur saylovda u asosan Rossiya bilan an’anaviy yaqin aloqalarni saqlab qolishni yoqlovchi uchta muxolif partiyaga qarshi kurash olib bordi.

Pashinyanning asosiy raqibi, 2025-yilda “Kuchli Armaniston ittifoqi”ga asos solgan milliarder Samvel Karapetyan saylovoldi kampaniyasida biznesni qo‘llab-quvvatlash va Moskva bilan strategik hamkorlikni tiklashni va’da qilgan edi, biroq saylovchilarning chorak qismidan kamroq ovozini olishga erishdi.

Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, saylovdagi ushbu ishonchli g‘alaba Pashinyanga yangi mandat va vakolatlarni taqdim etadi. Endilikda u G‘arb bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirishi hamda ko‘p yillik harbiy nizolardan so‘ng Ozarbayjon bilan yakuniy tinchlik shartnomasini imzolash muzokaralarini oxiriga yetkazishi mumkin. Shuningdek, bu natija Yerevanga Ozarbayjon ng asosiy ittifoqchisi hisoblangan Turkiya bilan ham diplomatik munosabatlarni normallashtirish imkonini beradi.

Izohlar

    Izoh qoldirish