Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyatMirziyoyev Putinni «Yedinaya Rossiya»ning Davlat Dumasiga saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladiSiyosatQashqadaryoda 14 yoshli o‘g‘lini 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 3 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston banklarining sof foydasi bir yilda 68 foizga oshib 12 trillion so‘mdan oshdiIqtisodiyotO‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha quruq va iliq ob-havo hukm suradiJamiyatO‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati uzaytirildiJamiyat

Turkmanistonning Mari viloyatida chorva mollari ommaviy ravishda nobud bo‘lmoqda

Turkmanistonning Mari viloyatida chorva mollari ommaviy ravishda nobud bo‘lmoqda

Turkmanistonning Mari viloyatida chorva mollari ommaviy nobud bo‘lmoqda. Noma’lum kasallik tufayli mintaqada go‘sht narxi 30 foizga oshib ketdi.

Turkmanistonning Mari viloyati chorvadorlari so‘nggi kunlarda yirik talofatga yuz tutmoqda. Mustaqil OAV ma’lumotlariga ko‘ra, chorva mollari orasida shiddat bilan tarqalayotgan noma’lum infeksiya hayvonlarning ommaviy o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Kasallangan mollarda burun oqishi, oqsoqlanish va kuchli holsizlik kuzatilib, hayvonlar oyoqqa tura olmay, bir necha kunda nobud bo‘lyapti.

Veterinariya xizmatlari murojaatlar ko‘pligidan vaziyatni to‘liq nazoratga olishga ulgurmayotgani aytilmoqda. Mutaxassislar profilaktika chorasi sifatida antibiotiklardan foydalanishni tavsiya qilayotgan bo‘lsa-da, bu har doim ham kutilgan natijani bermayapti. Ayrim taxminlarga ko‘ra, epidemiyaga oqsil (yashur) yoki pasterellyoz kasalligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

E’tiborlisi, Turkmaniston davlat nashrlari va rasmiy idoralari bu borada hech qanday ma’lumot bermayapti. Bunday yopiqlik vaziyatni yanada murakkablashtirib, chorvachilik mahsulotlari bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishiga olib keldi. Mari viloyatida mol go‘shti narxi o‘rtacha 30 foizga qimmatlashgan. Avvalroq, 2024-yilning avgust va sentabr oylarida Bolqon hamda Labob viloyatlarida ham shunga oshshash ommaviy nobud bo‘lish holatlari qayd etilgan edi.