So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Eronning yadroviy ob’ektlari AQSH va Isroil nishoniga aylandi

Eronning yadroviy ob’ektlari AQSH va Isroil nishoniga aylandi

Ardekandagi uran zavodi va Busher AESga uyushtirilgan hujumlar ortidan Yaqin Sharqda keskinlik ortdi. Eron AQSH va Isroilni yadroviy terrorizmda ayblamoqda.

Yaqin Sharqdagi harbiy eskalatsiya yangi bosqichga ko‘tarildi: Eron atom energiyasi tashkiloti Yazd viloyatining Ardekan shahridagi uran konsentrati ishlab chiqaruvchi zavod havo hujumiga uchraganini tasdiqladi. Tehron ushbu operatsiyada bevosita Vashington va Tel-Avivni ayblamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, texnologik majmuaga berilgan zarbalar oqibatida xodimlar orasida qurbonlar qayd etilmagan. Mutaxassislar hududda radiatsiya darajasi me’yorda ekanini va aholi salomatligi uchun bevosita xavf yo‘qligini bildirmoqda.

So‘nggi kunlarda Eronning bir nechta strategik nuqtalarida portlashlar sodir bo‘ldi. Ardekandagi voqeadan avval Xondobdagi og‘ir suvli tadqiqot reaktori hamda Rossiya bilan hamkorlikda qurilgan «Busher» AES hududiga hujumlar uyushtirilgan edi. «Rosatom» rahbariyati Busherdagi stansiya faoliyatida jiddiy uzilishlar yo‘qligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, Eron tomoni buni suverenitetga tajovuz sifatida baholadi. 28-fevraldan buyon davom etayotgan ushbu qurolli to‘qnashuvlar natijasida Eron Isroil va AQSH bazalariga qarshi javob zarbalarini yo‘llab, Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini cheklashga o‘tdi.