Elektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyat

Toshkent metrosida poyezd tunnelda to‘xtab qoldi

Toshkent metrosining «Xalqlar do‘stligi» bekatida 1984-yilda ishlab chiqarilgan poyezdda nosozlik yuz berdi. Yo‘lovchilar tushirilib, tarkib ko‘rikka yuborildi.

Toshkent metropoliteni rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Xalqlar do‘stligi» bekatida poyezdning majburiy to‘xtashi bilan bog‘liq xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, hodisaga tarkibda yuzaga kelgan qisqa muddatli texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Holat 28-mart kuni soat 11:49 da 1984-yilda ishlab chiqarilgan 15-sonli poyezd bekatga kirib kelayotgan vaqtda qayd etilgan.

Nosozlik aniqlangan zahoti mashinist o‘rnatilgan yo‘riqnomaga asosan harakat qilib, vaziyat haqida dispetcherga xabar bergan va yo‘lovchilarni xavfsiz tarzda platformaga tushirgan. Shundan so‘ng, nosoz poyezd yo‘nalishdan olinib, ko‘rikdan o‘tkazish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun texnik ko‘rik punktiga yuborilgan. Hozirda metropoliten mutaxassislari vaziyatni to‘liq nazoratga olganliklarini ma’lum qilishdi.

Ushbu texnik uzilish metroning umumiy harakat jadvaliga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan va yo‘nalishdagi boshqa poyezdlar belgilangan vaqtda harakatlanishda davom etgan. Metropoliten ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.