So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Eron prezidenti qo‘shni davlatlarni infratuzilmasiga hujumlar borasida ogohlantirdi

Eron prezidenti qo‘shni davlatlarni infratuzilmasiga hujumlar borasida ogohlantirdi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Fors ko‘rfazi mamlakatlariga murojaat qilib, ularning hududidan AQSH va Isroil kuchlari Eron ob’ektlariga zarba berish uchun foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

«Al Jazeera» xabariga ko‘ra, Eron rahbari iqtisodiy markazlar yoki muhim infratuzilmalar nishonga olingan taqdirda Tehronning javobi shafqatsiz bo‘lishini ta’kidladi. Pezeshkiyon mintaqa davlatlarining xavfsizligi va taraqqiyoti bevosita ularning o‘z hududida «begona kuchlar»ga urush olib borish uchun sharoit yaratib bermasligiga bog‘liqligini qayd etdi.

Mintaqadagi keskinlik 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eron bo‘ylab keng ko‘lamli havo hujumlari bilan boshlangan edi. Mazkur harbiy operatsiya natijasida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning halok bo‘lishi vaziyatni butunlay nazoratdan chiqarib yubordi. Ushbu voqeadan so‘ng Livanning «Hizbulloh» guruhi va 28-martdan e’tiboran Yamandagi husiylar ham Isroilga qarshi faol jangovar harakatlarga qo‘shildi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham qo‘shni mamlakatlarni Vashington bilan harbiy hamkorlikdan uzoqlashishga chaqirib, bu mintaqaviy barqarorlik uchun yagona yo‘l ekanini ta’kidlamoqda.

Hozirda Fors ko‘rfazi davlatlari AQSH harbiy bazalarini o‘z hududida saqlab turgan holda, Eronning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlari ostida qolmoqda. Pezeshkiyonning ogohlantirishi Yaqin Sharqdagi urush ko‘lami yanada kengayishi va energetika yo‘laklariga jiddiy zarar yetishi mumkinligidan dalolat beradi. Xalqaro kuzatuvchilar vaziyatni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik mintaqaviy inqiroz sifatida baholamoqdalar.