Yangi Toshkentdagi ilk xonadonlar narxi va ko‘chib kirish muddati e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda uch oygacha bo‘lgan haq to‘lanmaydigan stajirovkalarga ruxsat berilishi mumkinJamiyatO‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar 2030-yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdiSiyosat«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkinLayfstaylToshkentda firibgarlar hisoblagich o‘rnatish bahonasida pensionerlarni alday boshladiJamiyatO‘zbekiston neyrotarmoqlarni o‘qitish uchun OpenAI va Meta’ga o‘zbek tili korpusini bepul berdiJamiyatO‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindiJamiyatToshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan erkak 5 sutkaga qamalib, jarimaga tortildiJamiyatEndi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkinJamiyat

O‘zbekistonda uch oygacha bo‘lgan haq to‘lanmaydigan stajirovkalarga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda uch oygacha bo‘lgan haq to‘lanmaydigan stajirovkalarga ruxsat berilishi mumkin

Bandlik vazirligi Mehnat kodeksiga uch oygacha professional stajirovka o‘tash tartibini kiritish bo‘yicha qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Ish beruvchilar bu davr uchun haq to‘lash masalasini mustaqil hal qiladi.

O‘zbekistonda majburiy haq to‘lanmagan holda uch oygacha davom etishi mumkin bo‘lgan professional stajirovka institutini joriy etish taklif qilinmoqda. Mehnat kodeksiga tegishli qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi Bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Stajirovka tizimi nima uchun joriy etilmoqda

Loyiha mualliflarining qayd etishicha, ish tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlar hamda faoliyat sohasini o‘zgartirishga qaror qilgan fuqarolar ishga joylashishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ish beruvchilar esa tajribasiz xodimlarni shtatga olish bilan bog‘liq xarajatlar va tavakkalchiliklar sabab ularni ishga qabul qilishni istamaydi.

Shu bois Mehnat kodeksini 368-1-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, ish beruvchilar stajirovka davri uchun haq to‘lash masalasini mustaqil ravishda hal qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi asosida kasbga o‘qitish yoki qayta tayyorlashdan o‘tgan shaxslardan o‘sha ish beruvchining o‘ziga ishga kirishda stajirovka o‘tash talab etilmaydi.

Stajirovka shartnomasida nimalar ko‘rsatiladi

Kodeksga kiritilishi kutilayotgan 368-2-moddada esa professional stajirovka to‘g‘risidagi shartnoma mazmuni belgilab berilmoqda. Hujjatda quyidagilar aks etishi shart:

  • kasb yoki lavozimning nomi;

  • stajyorga biriktirilgan ustoz (murabbiy) haqidagi ma’lumotlar;

  • stajirovka o‘tash muddatlari;

  • agar nazarda tutilgan bo‘lsa, to‘lanadigan haq miqdori;

  • ish beruvchining stajirovka uchun zarur sharoitlar yaratish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari;

  • stajirovka yakunlari bo‘yicha sertifikat berish tartibi.

Vazirlik ushbu mexanizm yoshlar bandligini oshirishga, tadbirkorlarga esa ortiqcha moliyaviy majburiyatlarsiz nomzodlarning malakasini amalda baholashga yordam berishini kutmoqda. Hujjat muhokamasi 9-dekabrgacha davom etadi.

Izohlar

    Izoh qoldirish