Shavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdiSiyosat«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkinLayfstaylToshkentda firibgarlar hisoblagich o‘rnatish bahonasida pensionerlarni alday boshladiJamiyatO‘zbekiston neyrotarmoqlarni o‘qitish uchun OpenAI va Meta’ga o‘zbek tili korpusini bepul berdiJamiyatO‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindiJamiyatToshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan erkak 5 sutkaga qamalib, jarimaga tortildiJamiyatEndi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkinJamiyatO‘zbekiston tarixdagi ilk UFC turnirini qabul qilishga tayyorlanmoqdaSportMarkaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosat

Shavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohirada yonilg‘i tashuvchi mashina ag‘darilishi va yirik yong‘in oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgani munosabati bilan Misr prezidentiga ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira shahrida yo‘l-transport hodisasi ortidan yuzaga kelgan yirik yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Qohirada nima sodir bo‘ldi

Fojiali hodisa Misr poytaxtining shimolidagi El-Varak tumanida yuz berdi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra,harakatlanib ketayotgan yonilg‘i sisternasi oldiga yuqori kuchlanishli elektr kabeli uzilib tushgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, benzin tashuvchi mashina ag‘darilib, yonib ketgan.

Alanga tezda yaqin atrofdagi bir nechta avtomobillarga ham o‘tgan. Hodisa oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan,yana 20 dan ortiq odam turli darajada jarohat olgan.

Davlat rahbarining ta’ziyasi

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik hamda sabr-toqat tilab, jarohatlanganlar tez orada sog‘ayib ketishini bildirdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish