Abdumalik Nazirov 23-noyabr kuni O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston Energetika vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi — bu haqda 23-noyabr kuni vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Energetika vazirligidagi tayinlov
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Abdumalik Nazirov tayinlandi. U bunga qadar 2025-yil 28-noyabridan buyon «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi, undan avval esa kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Ushbu lavozimda avval kim ishlagan
2026-yil 24-iyunidan buyon energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida Umid Mamadaminov faoliyat yuritib kelayotgandi. U 23-noyabr kuni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etildi.






Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q