O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani ID-kartalar orqali kesib o‘tish imkoniyatini muhokama qildiJamiyatToshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldiJamiyatShavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni reytingidan o‘rin oldiDunyoUzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qildiJamiyatQirg‘izistonda o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindiJamiyatO‘zbekistonda yaylovlardan foydalanish va pichan o‘rish uchun pullik chiptalar joriy etildiJamiyatAvtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyat

Toshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldi

Toshkentda ayollar ko‘ylagini kiyib olgan erkak o‘quv markazini tunamoqchi bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB va DXX xodimlari sobiq qo‘riqchi boshchiligidagi guruhning o‘quv markaziga bosqinchilik qilish rejasini fosh etdi. Gumonlanuvchilardan biri ayollar libosida bo‘lgan.

Aniqlanishicha, jinoyat tashkilotchisi ushbu muassasada avval qo‘riqchi bo‘lib ishlagan 31 yoshli erkak bo‘lgan.

Jinoyat rejasi va ishtirokchilarning vazifalari

O‘quv markazida katta miqdorda naqd pul saqlanishidan xabardor bo‘lgan sobiq qo‘riqchi o‘z rejasini amalga oshirish uchun tanishlarini jalb qilgan. Guruh a’zolari o‘rtasida vazifalar aniq taqsimlangan:

  • Ma’lumot yetkazish: sobiq qo‘riqchi bino ichidagi vaziyatni oldindan o‘rganib, pullar qayerda saqlanishini sheriklariga aytishi kerak bo‘lgan.

  • Elektr energiyasini uzish: guruhning bir a’zosiga binodagi elektr ta’minotini o‘chirish vazifasi yuklatilgan.

  • Ichkariga kirish va niqoblanish: qolgan ishtirokchilar niqob taqqan holda binoga kirib, pullarni qoplarga solishi va oldindan ijaraga olingan avtomobilda olib chiqib ketishi rejalashtirilgan. Gumonlanuvchilardan biri shaxsini yashirish va guvohlarni chalg‘itish maqsadida ayollar ko‘ylagini kiyib olgan.

«Boshida hammasi rejadagidek ketayotgan edi. Uch kishi edik. Pullarni teng bo‘lishib olishimiz kerak edi. Hamma ketganidan keyin chiroqni o‘chirib, asosiy eshikdan kirishni rejalashtirdik. Menda kalitlar bor edi. Keyin pulni olib, orqa eshikdan chiqib ketmoqchi edik. Anvar orqa eshik tomonga ketdi, men esa Zarif bilan asosiy eshikdan kirdik. 100 metrcha yurganimizdan keyin bizni qo‘lga olishdi», — dedi gumonlanuvchilardan biri ko‘rsatmasida.

Qo‘lga olish va olingan ashyoviy dalillar

Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilarni pullarni qo‘lga kiritishidan avval ushlagan. Ma’lum qilinishicha,jinoyatdan so‘ng guruh a’zolari Farg‘ona viloyati orqali qo‘shni davlatlardan biriga chiqib ketishni maqsad qilgan.

Qo‘lga olish chog‘ida ulardan jinoyatga tayyorlangan quyidagi ashyolar daliliy ashyo sifatida olingan:

  • niqoblar, qo‘lqoplar, bolg‘a va qop;

  • ratsiyalar hamda eshiklarni buzib ochish uchun maxsus moslamalar;

  • bino eshiklari kalitlarining dublikatlari;

  • xorijga chiqish pasportlari.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi («Bosqinchilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish