Qumqo‘rg‘on tumanida chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab yuborgan Dilorom Esanovaning sud xukmi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Unga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Hodisa tafsilotlari va tergov ma’lumotlari
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 1993-yilda tug‘ilgan Dilorom Esanovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 99-moddasi (Onaning o‘z yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.
Aniqlanishicha, 2026-yil 8-iyun kuni u Sho‘rchi tumanidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi ota-onasining uyiga mehmonga borgan. 10-iyun kuni tonggi соат 5:00 larda uydan tashqaridagi hojatxonada qizaloq tuqqan va homila yo‘ldoshini qo‘li bilan uzib, chaqalog‘ini hojatxona ichiga tashlab yuborgan. Sud-tibbiy ekspertizasi chaqaloqning o‘limiga nafas yo‘llarining axlat bilan berkitilib qolishi va o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganini tasdiqlagan. Ayol ko‘p qon yo‘qotib, hushini yo‘qotganidan so‘ng ota-onasi uni topib, tez yordam bilan shifoxonaga olib borgan.
Ko‘rsatmalar va sud qarori
-
Sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, chaqaloq tug‘ilganida nafas olmayotgandek tuyulgani uchun uni o‘lik deb o‘ylaganini, o‘sha paytda nima qilganini o‘zi ham tushunmaganini bildirgan. Shuningdek, u hozirda yana homilador ekanligini ma’lum qilgan.
-
Marhumaning turmush o‘rtog‘i tergovda xotinining ruhiyatida o‘zgarishlar sezgani, parishonxotir bo‘lib qolганиni, biroq ularning o‘rtasida nizo bo‘lmaganini aytib, sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.
Суд ayolning homiladorligi, qaramog‘ida kichik farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Unga yashash joyini ruxsatsiz o‘zgartirmaslik, Surxondaryo viloyatidan chiqmaslik, kechki payt uydan tashqariga chiqmaslik hamda ommaviy tadbirlar va ko‘ngilochar maskanlarga bormaslik cheklovlari yuklandi





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q