So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

Jizzaxda yo‘lovchi qizga tegajog‘lik qilgan taksichi besh sutkaga qamaldi

Jizzaxda yo‘lovchi qizga tegajog‘lik qilgan taksichi besh sutkaga qamaldi

Jizzaxda taksi haydovchisi yo‘lovchi qizga shahvoniy tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi va 8,2 mln so‘m jarimaga tortildi.

Voqea 25-mart kuni ertalab soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. Nexia rusumli avtomobil haydovchisi markaz tomon harakatlanayotgan vaqtida salonda bo‘lgan qizga nisbatan axloqsiz takliflar bildirgan hamda uning oyog‘idan ushlab, tegajog‘lik qilgan.

Sud materiallariga ko‘ra, erkak o‘z harakatlari bilan jamoat tartibi va axloq normalarini buzgan deb topildi. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) va 40-moddasi (Tuhmat) bo‘yicha aybdor deb bildi. Huquqbuzarga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 8 million 240 ming so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Ushbu holat O‘zbekiston qonunchiligida shahvoniy shilqimlik uchun javobgarlik kuchaytirilganidan so‘ng qayd etilgan navbatdagi qat’iy choradir. Mutaxassislar ayollarga nisbatan bunday tazyiqlarning oldini olishda jazo muqarrarligi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.