Qurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyo

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladi

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda daromadlar va xarajatlarni deklaratsiya qilish tajribasi boshlanmoqda. Navoiy, Chirchiq va soliqchilar birinchilardan bo‘lib o‘z xarajatlari haqida hisobot beradi.

Yangi tajriba-sinov tartibi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (19.10.2026 yildagi 574-son) bilan soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlarida doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish bo‘yicha vaqtinchalik ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Deklaratsiya 2026–2027 yillarda olingan daromadlar bo‘yicha Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlar portali yoki «Soliq» mobil ilovasi orqali yashash joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.

Reglament 18 yoshga tolmagan shaxslarga hamda soliq organlariga ishga kirganiga 6 oy bo‘lmagan xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Deklaratsiya muddati va kiritiladigan ma’lumotlar

Deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreliga qadar topshirilishi lozim. Soliq organi ushbu muddatdan kamida bir oy oldin fuqaroga xabarnoma yuboradi.

Deklaratsiyada quyidagilar aks ettiriladi:

  • Daromadlar: ish haqi, mulkiy daromadlar, biznesda ishtirok etishdan olingan va boshqa daromadlar (Soliq kodeksining 371, 375, 376 va 377-moddalari);

  • Xarajatlar: ko‘char va ko‘chmas mulk, shuningdek majburiyatlar (soliqlar, kommunal to‘lovlar va kreditlar) bo‘yicha xarajatlar. YTT va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchilarning tadbirkorlikka oid xarajatlari bunga kirmaydi.

Xarajatlar vazirlik va idoralar ma’lumotlari, «Soliq» ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar hamda elektron hisob-fakturalar asosida shakllantiriladi. Ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganda fuqaro ularni mustaqil kiritishi mumkin.

Tuzatish kiritish va jazoning qo‘llanilmasligi

Xatoliklar aniqlanganda aniqlashtirilgan deklaratsiya topshirilishi mumkin. Agar unda ham noto‘g‘ri ma’lumot aks etsa, fuqaroning arizasiga ko‘ra deklaratsiya rad etilib, 3 yil davomida qayta topshirish imkoni beriladi. Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.

Aniqlashtirilgan soliq bazasi (daromad va xarajat o‘rtasidagi farq) bo‘yicha qo‘shimcha soliq hisoblanmaydi (Soliq kodeksining 393-moddasi mustasno) va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.