Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Toshkentda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi. O‘quv jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi.

O‘quv dargohining maqomi va ta’lim dasturi

O‘zbekistonda yengil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida davlat oliy ta’lim muassasasi maqomiga ega bo‘ladigan ushbu dargohda o‘quv jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi. Yangi akademiya Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi negizida barpo etilmoqda. Qo‘shma dasturda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni yangi akademiyada davom ettiradi va uning diplomini oladi.

Dual ta’lim va infratuzilma Imkoniyatlari

2027/2028 o‘quv yilidan e’tiboran akademiyada to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalari buyurtmalari asosida dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Shuningdek, sohaviy texnikumlarni a’lo baholarga bitirgan o‘quvchilar akademiyaning bakalavriat 3-bosqichidan shartnoma asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Muassasa davlat buyurtmasi bo‘yicha formalar dizaynini yaratish va milliy brendlarni rivojlantirish bilan ham shug‘ullanadi. Talabalar uchun 2028-yil yakuniga qadar 400 o‘rinli yotoqxona binosi barpo etiladi.