Saudiya Arabistoni Makkada Ka’bani portlatishga urinish bo‘lganini rad etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlarida ob-havo keskin soviyishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqdaJamiyatIshdan bo‘shatilgan fuqarolarga uchinchi oy uchun ham ish haqi to‘lanadiJamiyatO‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolar avgust oyi uchun 105,4 mlrd so‘m subsidiya oladiIqtisodiyotO‘zbekistonda shovqindan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi: «sukunat soatlari» va jarimalar belgilandiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yildan oilaviy shifokor va hamshiralarga 4 MHTEKM gacha ustama to‘lanadiJamiyatO‘zbekistonga kirishda elektron bojxona deklaratsiyasi yo‘lga qo‘yildiJamiyatXivada fuqaro o‘z hovlisida 2 metrlik kannabis yetishtirgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda tashqi reklama uchun svetning 3 baravar tarifi bekor qilinmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni zorlash bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindiJamiyat

O‘zbekistonda dam olish kunlarida ob-havo keskin soviyishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlarida ob-havo keskin soviyishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlaridan boshlab ob-havo keskin soviydi. Yomg‘ir yog‘ib, shamol kuchayishi, baland tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda.

Sovuq havo massalari kirib kelishi va yog‘ingarchilik

“O‘zgidromet” dam olish kunlaridan e’tiboran mamlakat hududida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi haqida ogohlantirish berdi.

Prognozlarga ko‘ra, 3-oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4—5-oktyabr kunlari esa respublikaning qolgan barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

 3—4-oktyabrda shimolda va cho‘l hududlarida, 4—5-oktyabr kunlari esa boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi, baland tog‘li hududlarda esa qorga aylanishi kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayib, kunduz kunlari 15–20 daraja, kechalari 5–10 daraja iliq bo‘ladi. Shimoliy hududlarda esa kunduzi 12–17 daraja, kechasi 2–7 daraja iliq gacha tushadi.

3—4-oktyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha, ayrim hududlarda esa chang-to‘zon bilan 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.