O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda tashqi reklama uchun svetning 3 baravar tarifi bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda tashqi reklama uchun svetning 3 baravar tarifi bekor qilinmoqda

Biznes-ombudsman reklama bannerlari, ekranlar va yoritgichlar uchun elektr energiyasining 3 baravar oshirilgan tarifini olib tashlashni taklif qildi.

Reklama va illyuminatsiya uchun ortiqcha to‘lovlarga chek qo‘yiladi

O‘zbekistonda biznes sub’yektlarining tijorat yoritgichlari hamda reklama vositalari uchun qiladigan ortiqcha xarajatlarini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Biznes-ombudsman tashqi reklama va axborot ob’yektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi amaldagi 3 baravar oshirilgan ustamani bekor qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini taqdim etdi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, mediafasadlar, elektron displeylar, ko‘cha ekranlari va hatto binolarga ilingan oddiy girlyanda hamda illyuminatsiyalar uchun sarflangan elektr energiyasiga II guruh tarifi bo‘yicha 3 baravar oshirilgan narx qo‘llaniladi. Buning ustiga, tarmoq idoralari elektr sarfini ko‘pincha uskunaning kecha-kunduz to‘liq quvvatda ishlashidan kelib chiqib hisoblab kelgan.

Standart tariflarga o‘tish va tahlilchilar kutilmasi

Biznes-ombudsman tayyorlagan loyihaga ko‘ra, Elektr energiyasidan foydalanish qoidalaridagi ushbu ustama bandi butunlay o‘chirib tashlanadi. Taklif tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlar va reklama agentliklari svet uchun barcha qatori oddiy, standart tariflar bo‘yicha haq to‘lay boshlaydi.

Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, oshirilgan to‘lovning bekor qilinishi shahar infratuzilmasida tungi yoritgichlar va zamonaviy reklama vositalarining ko‘payishiga turtki beradi. Qaror loyihasi bo‘yicha bildiriladigan taklif va e’tirozlar 2026-yil 14-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish