O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonga kirishda elektron bojxona deklaratsiyasi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonga kirishda elektron bojxona deklaratsiyasi yo‘lga qo‘yildi

MyGov portalida O‘zbekistonga kirishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini oldindan to‘ldirish xizmati ishga tushdi. Valyuta, texnika va oltin olib kirish me’yorlari eslatib o‘tildi.

Yangi xizmat chegarada qog‘oz blankalarni to‘ldirish zaruriyatini aradan ko‘taradi. Naqd pul, mobil qurilmalar, zargarlik buyumlari va shaxsiy foydalanish tovarlari haqidagi ma’lumotlarni oldindan kiritish mumkin. Shakl to‘ldirilgach, tizim elektron hujjat shakllantiradi — uni smartfonga saqlab olib, bojxona nazoratidan o‘tishda ko‘rsatish kifoya.

Bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me’yorlari va limitlar

Belgilangan me’yorlardan ortiqcha tovarlar va moddiy boyliklar majburiy deklaratsiyalanishi shart:

  • Zargarlik buyumlari: oltin vazni 65 grammdan, kumush esa 200 grammdan oshganda.

  • Maishiy texnika va elektronika: bir birlikdan ortiq maishiy texnika (televizor, noutbuk, kir yuvish mashinasi, konditsioner va b.) olib kirilganda.

  • Naqd pul mablag‘lari: milliy yoki xorijiy valyutadagi naqd pul miqdori 100 mln so‘m ekvivalentidan oshganda.

  • Maxsus toifalar: qurol-yarog‘, dronlar (uchuvchisiz uchish apparatlari), radioelektron vositalar, tarixiy-madaniy boyliklar va ayrim turdagi dori vositalari.

Shaxsiy foydalanish tovarlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish chegaralari:

  • Samolyotda (havo yo‘li): 1000 dollargacha;

  • Poyezd va daryo transportida: 500 dollargacha;

  • Avtomobil yoki piyoda kirganda: 300 dollargacha.

Ushbu limitlardan oshgan qiymat uchun standart bojxona to‘lovlari undiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish