MrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyatRaqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdiJamiyatSaudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar aviareyslar kechikishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat

O‘zbekistonda 2027-yildan oilaviy shifokor va hamshiralarga 4 MHTEKM gacha ustama to‘lanadi

O‘zbekistonda 2027-yildan oilaviy shifokor va hamshiralarga 4 MHTEKM gacha ustama to‘lanadi

O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan oilaviy shifokorlar va hamshiralarga 4 MHTEKMgacha oylik ustamalari belgilandi. Tibbiy ta’lim tizimi ham isloh qilinadi.

Tibbiyot xodimlari uchun har oylik ustama miqdorlari

O‘zbekistonda shifokorlar va orta tibbiyot xodimlariga har oylik ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi. Yangi to‘lovlar tizimi 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ustama miqdorlari xodimlarning ma’lumoti va kvalifikatsiyasiga qarab belgilandi:

  • 4 MHTEKM: oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidatura yoki magistraturani tamomlagan oilaviy shifokorlar hamda pedagoglarga;

  • 2 MHTEKM: magistrlik darajasiga ega hamshira va tibbiy akalarga (medbrat);

  • 1 MHTEKM: bakalavr darajasiga ega hamshira va tibbiy akalarga.

Shuningdek, rezidenturada tahsil olayotgan talabalarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga 2,15 koeffitsient qo‘llangan holda stipendiya tayinlanadi.

Tibbiy ta’lim tizimidagi islohotlar

Tizimda tibbiyot kadrlarini tayyorlash tartibi ham tubdan o‘zgartirilmoqda. 2027/2028 o‘quv yilidan e’tiboran yangi qoidalar amal qiladi:

  • Kirish imtihonlari: tibbiyot aliytagohlariga kirish uchun minimal o‘tish bali maksimal ballning 60 foizini tashkil etadi.

  • Yakuniy davlat imtihonlari: o‘tish chegarasi shifokorlar uchun 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun esa 60 foizdarajasida belgilanadi.

  • Tor mutassislar tayyorlash: qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari va internaturaga qabul to‘liq tugatiladi. Tor mutaxassislarni tayyorlash faqat rezidentura orqali amalga oshiriladi, magistratura esa ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ixtisoslashadi.

  • Yangi o‘quv dasturlari: «Davolash ishi» yo‘nalishi bo‘yicha 6 yillik (5+1) bakalavriat dasturi joriy etilib, oxirgi kursda majburiy bir yillik amaliyot o‘tiladi. O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha 2 yillik dasturlar bekor qilinadi.

Bundan tashqari, «Tibbiy hamrohlik» va «Oliy tibbiy hamrohlik» kabi yangi yo‘nalishlar ochilib, ularni tamomlagan ayollarga hamshira, erkaklarga esa tibbiy aka (medbrat) kvalifikatsiyasi beriladi.