So‘nggi:
Filippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyatDushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyat

O‘zbekistonda «10 ming qadam» loyihasi qaytadi va avtomobillar uchun eko-stikerlar joriy etiladi

O‘zbekistonda «10 ming qadam» loyihasi qaytadi va avtomobillar uchun eko-stikerlar joriy etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha ekologik dastur tasdiqlandi: «10 ming qadam» loyihasi, avtomobillar uchun eko-stikerlar va «yashil belbog‘lar» joriy etiladi.

Prezident farmoni bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha milliy loyihalar tasdiqlandi. Kelgusi besh yillikda asosiy e’tibor havoni tozalash, sahrolanishga qarshi kurashish va aholi orasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratiladi. Dasturning muhim qismi sifatida «10 ming qadam» tashabbusi qayta tiklanadi va sog‘lom turmush tarzini raqamli rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent, Navoiy va Farg‘ona kabi sanoat markazlarida havoning ifloslanish darajasi tan olinib, «Toza havo» loyihasi doirasida keskin choralar ko‘riladi. Korxonalar yagona davlat tizimiga integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalarini o‘rnatishga majbur bo‘ladi. Ekologik me’yorlarni buzganlik uchun jarimalar miqdori bir necha barobar oshiriladi.

Avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar miqdoriga qarab «qizil», «sariq» va «yashil» toifadagi eko-stikerlarga ajratiladi. Texnik ko‘rik tizimi bevosita ekologik standartlarga bog‘lanadi. Poytaxt atrofida «yashil belbog‘», Surxondaryo va Sirdaryoda esa chang bo‘ronlariga qarshi «yashil devorlar» barpo etiladi. Shuningdek, yangi qurilish me’yorlariga ko‘ra, qurilish maydonchalarida onlayn kuzatuv o‘rnatish va shaharlarning tabiiy ventilyatsiyasini ta’minlovchi «shamol yo‘laklari»ni saqlab qolish majburiy etib belgilanadi.

2026-yildan boshlab 14 ta hududda iqlim muhandisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi texnikumlar ochiladi. 2029-yilga borib ekologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 10 ming nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Sahrolanishga qarshi kurashish maqsadida Green University qoshida sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring yurituvchi ilmiy markaz tashkil etiladi. Bu chora yerlar degradatsiyasi natijasida yetkazilayotgan yillik 830 mln dollarlik iqtisodiy zararni kamaytirish imkonini beradi.