So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Toshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladi

25-iyuldan Yakkasaroy tumanidagi Kichik halqa yo‘lining ikkita tasmasida harakat 40 kunga yopiladi. «Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi ushbu hududda magistral issiqlik quvurini almashtirish ishlarini olib boradi.

25-iyul kuni soat 00:00 dan e’tiboran Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) ma’lum bir qismida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, cheklovlar rejalashtirilgan yirik ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq: «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan 40 kun davomida umumiy uzunligi 1 540 metr bo‘lgan 530 mm diametrli magistral issiqlik quvurini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash jarayonida ushbu hududdagi yo‘lning ikkita tasmasi bo‘ylab harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Haydovchilarga tirbandliklarning oldini olish uchun harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va muqobil aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

«Veolia Energy Tashkent» MChJ XK 2021-yilda imzolangan 30 yillik davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini boshqarib kelmoqda. Kompaniya kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida poytaxt tumanlaridagi ma’nan eskirgan magistral va tarmoq quvurlari hamda nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilmoqda.