So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

Apreldan kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblana boshlaydi

Apreldan kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblana boshlaydi

2026-yil 1-apreldan O‘zbekistonda kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi. YHXX mas’uliyatni haqiqiy haydovchiga o‘tkazish tartibini tushuntirdi.

Vazirlar Mahkamasining 25-oktabrdagi qaroriga muvofiq, endilikda ballar nafaqat YHXX inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan, balki avtomatlashtirilgan tizimlar qayd etgan holatlar uchun ham yoziladi. Ushbu chora yo‘llarda o‘lim holatlarini kamaytirish va xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan.

YHXX aniqlik kiritishicha, agar qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda rulda avtomobil egasi emas, balki boshqa shaxs (ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasi asosida) bo‘lgan bo‘lsa, ballar aynan o‘sha haydovchiga yoziladi. Avtomobil egalari qoidabuzarni aniqlash va jarima ballarini haqiqiy aybdorga o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Joriy etilgan tizim samaradorligi statistik ma’lumotlarda ham aks etmoqda: 2025-yilning to‘qqiz oyi davomida haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlar soni 36 foizga, umumiy qoidabuzarliklar esa 58 foizga kamaydi. Hozirda jami qayd etilgan 20,8 million qoidabuzarlikning 75 foizi (15,6 million) aynan kameralar ulushiga to‘g‘ri keladi, bu esa yangi tartibning ahamiyatini yanada oshiradi.