Yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron, Suriya hamda Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlarida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Fabio Kannavaro shogirdlari ishtirokida kechadigan dastlabki o‘yin 24-sentyabr kuni Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Navbatdagi bellashuv 1-oktyabr kuni Toshkentda tashkil etiladi. Unda vakillarimiz Suriya terma jamoasini qabul qiladi. O‘yin soat 19:00 da start oladi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari turkumini terma jamoamiz safarda yakunlaydi: 6-oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya mehmoni bo‘ladi.




