Namangan aeroportida Dehliga uchayotgan besh kishi tanasida 1,1 mlrd so‘mlik oltin va zargarlik buyumlarini olib chiqishga urinayotganda ushlandi.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida qimmatbaho metallarni noqonuniy olib chiqib ketish holatiga chek qo‘yildi.
Namangan — Dehli reysi bilan Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi besh nafar fuqaro maxsus ko‘rikdan o‘tkazildi.
Fuqarolar umumiy vazni 555 gramm bo‘lgan oltin quymalar va 200 gramm zargarlik buyumlarini yutib yuborish orqali, ya’ni ichki transportirovka usulida olib o‘tishga urinishgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qimmatbaho metallarning umumiy qiymati 1,1 milliard so‘mni tashkil etdi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar teshkiruv harakatlari olib borilmoqda.




