Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyat

Javohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Javohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Live Rapid jahon reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. U faqat Magnus Karlsendan ortda qolmoqda. Kuchli 15 talikka Nodirbek Abdusattorov ham kirdi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Live Rapid jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Buning natijasida uning ko‘rsatkichi 2742,6 ochkoga yetdi.

Sindarov 10,6 reyting ochkosini jamg‘arib, biryo‘la to‘rtta pog‘onaga yuqoriladi. U Yan Nepomnyashchiy, Hikaru Nakamura va Alireza Firuzjani ortda qoldirdi. O‘zbekistonlik shaxmatchidan faqat Magnus Karlsen yuqoriroq pog‘onada joylashgan.

O‘zbekistonning yana bir vakili — Nodirbek Abdusattorov — aksincha, bir pog‘onaga pastlab, hozirda 13-o‘rinni egallab turibdi. Uning reytingi 2704,4 ochkoni tashkil etadi. Shu tariqa, hozirda kuchli 15 talikdan bir yo‘la ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster joy olgan.

Live Rapid reytingi real vaqt rejimida yangilanadi, shu sababli shaxmatchilarning o‘rni har bir o‘ynalgan Partiyadan so‘ng o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi FIDE jahon reytingida ilk bor oltinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.