O‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildiJamiyatoshkentda Zeekr 001 elektromobili yonib ketdiJamiyatEnergetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdiJamiyatO‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlari ob-havo ma’lumoti e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda aholi yarim yilda go‘zallik salonlariga 7 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladiJamiyatO‘zbekistonliklar Qatarga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — $5500 gachaJamiyatO‘zbekistonda eng ko‘p maosh oluvchi bitiruvchilarga ega OTMlar ro‘yxati e’lon qilindiJamiyatToshkent gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni jilovlash uchun Xalqaro bankdan 10,6 mln dollar oladiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladiSiyosatAQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqardiDunyo

O‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildi

O‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat bog‘chalaridagi ota-onalar to‘lovi miqdorlari BHMga bog‘landi va o‘rtacha 6,8 foizga oshirildi. Toshkent, viloyat markazlari va boshqa hududlar bo‘yicha to‘lov stavkalari belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining 25-avgustdagi qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi. Endilikda to‘lovlar aniq summada emas, Bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) nisbatan koeffitsientlarda belgilandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ota-onalar to‘lovi o‘rtacha 6,8 foizga oshdi. Yangi stavkalar 1-sentabrdan kuchga kiradigan 440 ming so‘mlik BHM miqdoridan kelib chiqib hisoblangan. To‘lov miqdori bog‘chaning joylashuv o‘rniga, bolaning bo‘lish vaqtiga va oiladan nechta bola bog‘chaga borayotganiga bog‘liq.

Hududlar bo‘yicha oylik to‘lov stavkalari

Ota-onalar to‘lovi hududlar va bolaning bog‘chada bo‘lish vaqtiga (4-5 soatdan 24 soatgacha) qarab quyidagicha o‘zgardi:

  • Toshkent shahri: Bir bola uchun — 51 000 so‘mdan 413 292 so‘mgacha; bir oiladan bir necha bola borsa (har biri uchun) — 36 300 so‘mdan 294 756 so‘mgacha.

  • Viloyat markazlari: Bir bola uchun — 50 292 so‘mdan 393 008 so‘mgacha; bir necha bola borsa — 35 244 so‘mdan 280 852 so‘mgacha.

  • Viloyat bo‘ysinuvidagi shaharlar: Bir bola uchun — 44 836 so‘mdan 350 284 so‘mgacha; bir necha bola borsa — 33 088 so‘mdan 248 292 so‘mgacha.

  • Tuman markazlari: Bir bola uchun — 40 568 so‘mdan 311 828 so‘mgacha; bir necha bola borsa — 27 764 so‘mdan 234 432 so‘mgacha.

  • Boshqa aholi punktlari: Bir bola uchun — 36 300 so‘mdan 290 488 so‘mgacha; bir necha bola borsa — 25 652 so‘mdan 220 000 so‘mgacha.

Ma’lumot uchun, davlat bog‘chalarida ota-onalar to‘lovi oxirgi marta 2025-yil 1-yanvardan oshirilgan edi.