O‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladiJamiyatToshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyatTermizda 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt ustunga urildi: bir o‘quvchi halok bo‘ldiJamiyatSobiq bosh imom-xatib Odilxon Ismoilov sud zalidan ozod qilindiJamiyatDoniyor Qodirov Sirdaryo viloyatiga rahbar bo‘ldiSiyosatTurpaketlar orqali Misrga boradigan o‘zbekistonliklar uchun oldindan viza olish talab etilmaydiJamiyatMilliolarcha foydalanuvchilar «Yandex.Disk»dagi fotosuratlarini butunlay yo‘qotib qo‘yishlari mumkinDunyoToshkentda «A» tasmasidagi qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildiJamiyatUzbekistan Airways ichki reyslar narxini ortacha 20 foizga arzonlashtirdiJamiyat

O‘zbekistonda eng ozoda mahallalarga 500 million so‘m va xizmat elektromobili beriladi

O‘zbekistonda eng ozoda mahallalarga 500 million so‘m va xizmat elektromobili beriladi

Milliy ekologiya qo‘mitasi “Eng ozoda mahalla” tanlovi qoidalarini e’lon qildi. G‘olib chiqqan 14 ta mahallaning har biriga 500 million so‘m va xizmat uchun elektromobil ajratiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra mamlakat bo‘yicha 14 ta mahalla g‘olib deb topiladi. G‘oliblarga Ekologiya jamg‘armasi hisobidan quyidagi mukofotlar ajratiladi:

  • Har bir mahalla uchun 500 million so‘m pul mukofoti;

  • Mahalla qo‘mitasining xizmat foydalanishi uchun bittadan elektromobil.

Ajratilgan pul mablag‘lari qat’iy ravishda hududiy ekologik infratuzilmani rivojlantirishga sarflanishi kerak. Jumladan, mablag‘lar chiqindi yig‘ish maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy obyektlarda yangi konteynerlar o‘rnatish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yo‘naltiriladi.

Baholashning 10 ta asosiy mezoni

Tanlovda ishtirok etishni istagan mahallalar o‘z ariza va hujjatlarini 1-oktyabrdan 30-oktyabrga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishlari lozim.

G‘oliblarni aniqlashda mahalla faoliyati quyidagi 10 ta mezon bo‘yicha baholanadi:

  1. Chiqindi yig‘ish shoxobchalarining soni va ularning texnik holati;

  2. Sanitar tozalash xizmatlari uchun to‘lov intizomi va qarzdorlik darajasi;

  3. Chiqindilarni yig‘ish, saralash va olib chiqib ketish tizimining yo‘lga qo‘yilgani;

  4. Aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot kampaniyalarining o‘tkazilishi;

  5. Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining OAVda yoritilishi;

  6. Daraxt va putalarni parvarishlashda suv tejovchi texnologiyalarning qo‘llanilishi;

  7. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash bo‘yicha tashabbuslar;

  8. Chiqindilarni saralab yig‘ish tizimining joriy etilishi;

  9. “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt va putalarning holati;

  10. Energiyani tejovchi texnologiyalarning qo‘llanish darajasi.

Hujjatlar to‘plamiga majburiy tartibda fotoalbom hamda mahallaning ekologik holatiga bag‘ishlangan 10 daqiqadan oshmaydigan videoprezentatsiya ilova qilinishi belgilangan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.